Falastin guruhining bayonotiga ko‘ra, bugun ozod etilgan mahbuslar Isroil qamoqxonalarida "qiynoq va zo‘ravonlikka uchragan"ligi sababli davolanish uchun G‘azodagi tibbiy muassasalarga joylashtirilgan.
Bu "Isroil qamoqxonalarida mahbuslar boshidan kechirayotgan qabihliklarni tasdiqlaydi," deb qo‘shimcha qildi u.
HAMAS bayonotida yana shunday deyiladi: "Bizning qahramon mahbuslarimizga nisbatan bu dahshatli va davom etayotgan huquqbuzarliklar urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlardir."
U xalqaro hamjamiyat, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va inson huquqlari tashkilotlarini Isroilni to‘xtatishga va aybdorlarni javobgarlikka tortishga chaqirdi.