Bugun 26 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Falastin siyosiy kuchlari G‘azoda hokimiyatni texnokratlarga topshirishga rozi bo‘ldi

Falastin siyosiy kuchlari G‘azoda hokimiyatni texnokratlarga topshirishga rozi bo‘ldi

Falastindagi asosiy siyosiy kuchlar, jumladan HAMAS 24 oktyabr kuni Qohirada o‘tkazilgan uchrashuvda G‘azo sektorida hokimiyatni texnokratlar qo‘mitasiga topshirishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilishdi, deya xabar bermoqda agentlik.

"Mustaqil texnokratlardan iborat vaqtinchalik Falastin qo‘mitasi dunyoviy ta’minot masalalari va asosiy xizmatlarni arab birodarlar hamda xalqaro institutlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi. Shuningdek, falastinlik siyosiy fraksiyalar turli chaqiriqlarga qarshi umumiy pozisiya ishlab chiqish ustida ishlashga kelishib oldi", deyiladi muzokaralar yakunida e’lon qilingan bayonotda.

AFP manbasiga ko‘ra, HAMAS Qohirada Falastin Milliy ozodlik harakati (FATH) rahbariyati bilan ham uchrashuv o‘tkazgan. Uzoq yillar davomida ushbu tashkilotlar o‘rtasida nizo mavjud edi, ular Misrda G‘azo urushiga barham berish rejasining ikkinchi bosqichini, ya’ni hududda hokimiyat almashishi jarayonini muhokama qilgan va yaqin vaqtlarda uchrashuvlarni davom ettirish, Isroil hukumati chaqiriqlari oldida Falastin ichki frontini tashkil etish ustida ishlashga kelishgan.

Kiritildi: 11:15 25.10.2025. O'qildi: 603 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!