AQSh Kongressining Vakillar palatasi Falastin ozodlik tashkiloti a’zolarining mamlakatga kirishini taqiqlovchi qonun loyihasini ma’qulladi.
Bu haqdagi ma’lumotlar qonun chiqaruvchi organning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida paydo bo‘ldi.
Qayd etilishicha, qonun loyihasini palataning 422 nafar a’zosi qo‘llab-quvvatlagan, ikkitasi unga qarshi chiqqan.