Falastin futbol federasiyasida Isroil bilan vaziyat va ikki tomonlama standartlar haqida gapirildi.
«Osiyo futbol konfederasiyasi bizning talablarimizni qo‘llab-quvvatlashini oshkora bildirdi, biroq Isroil — UEFA a’zosi. Isroil rasmiylari, o‘yinchilari va klublari genosidni qo‘llab-quvvatlayotgani haqida hujjatlashtirilgan xabarlar mavjud. Boshqa federasiyalar o‘yinchilari unchalik jiddiy bo‘lmagan xatti-harakatlari uchun jazolangan, bu hayron qoldiradi — biz boshqa sayyorada yashayapmizmi? Yoki ikki tomonlama standartlar qurbonimizmi?
OFKdagi hamkasblarim dala kasalxonasini moliyalashtirish va G‘azodagi gumanitar vaziyatga yordam berish taklifini ham ma’qulladi. Falastin federasiyasi va men minnatdormiz. Bu — yaxshi boshlanish. Umid qilamanki, loyiha muvaffaqiyatli bo‘ladi va boshqa tashabbuslar ham amalga oshadi», — deya Falastin futbol federasiyasi vise-prezidenti Syuzan Shalabining so‘zlarini keltiradi Marca.