Qo‘shma Shtatlar kiberjinoyatchilikka qarshi kurash bahonasida Rossiya va KXDRning ikki fuqarosi hamda ushbu ikki davlatda joylashgan to‘rtta kompaniyaga nisbatan sanksiyalar kiritdi.
Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati tarqatgan bayonotda aytilgan.
Hujjatga ko‘ra, Amerika cheklovlari Rossiya fuqarosi Gaik Asatryan, shuningdek, KXDR fuqarosi Song Kum Xyokka ta’sir ko‘rsatdi. Bundan tashqari, Rossiyaning Asatryan va Fortuna firmalariga, shuningdek, KXDRda joylashgan Korea Saenal Trading Corporation va Korea Songkwang Trading General Corporation kompaniyalariga nisbatan sanksiyalar joriy etildi.
Davlat departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR fuqarosi Andariel xakerlar guruhiga aloqador, IT-mutaxassislarini noqonuniy yollash sxemasida ishtirok etgan va AQSh Moliya vazirligi kompyuter tizimlariga buzib kirishga urinishgan. Rossiya fuqarosi va ro‘yxatga olingan to‘rtta kompaniya, Amerika ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR hukumatiga daromad keltirish maqsadida IT-xodimlarini yollash bilan ham shug‘ullangan. AQSh Moliya vazirligi matbuot xizmati tarqatgan bayonotda aytilishicha, daromad Shimoliy Koreyaning ommaviy qirg‘in qurollari va ballistik raketalarni yaratish dasturlarini moliyalashtirishga sarflanishi mumkin edi.
Sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilishi AQShdagi aktivlarni muzlatish va Amerika fuqarolari va kompaniyalariga ro‘yxatga kiritilganlar bilan biznes yuritishni taqiqlashni anglatadi.