Bugun 18 aprel, 2025 yil, juma

КИР

Facebook Yangi Zelandiya terakti aks etgan video tarqalishini oldini oldi

Facebook Yangi Zelandiya terakti aks etgan video tarqalishini oldini oldi

Facebook Yangi Zelandiyaning Kraystchyorch shahridagi terakt aks etgan 1,5 millionta videoyozuvni o‘chirib tashladi, deb xabar qildi kompaniyaning Yangi Zelandiyadagi vakili Miya Garlik, RIA Novosti xabariga asosan.

Birinchi 24 soat ichida biz butun dunyoda ushbu hujum aks etgan 1,5 million yozuvlarni o‘chirib tashladik. Ulardan 1,2 milliontasi yuklash vaqtida blokirovka qilindi , - deyilgan xabarda.

Kompaniya vakili aytishiga qaraganda zolimlik aks etgan videolavhalarni o‘chirib tashlash uchun Facebook xodimlari 24 soat davomida to‘xtovsiz ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, juma kuni Yangi Zelandiyaning Kraystchyorch shahri masjidlarida bo‘lib o‘tgan teraktda 50 kishi qurbon bo‘ldi, yana 50dan ortiq kishi jarohatlandi. Terrorchilar qilayotgan ishlarini Facebookda translyasiya qilishgan.

Kiritildi: 16:51 17.03.2019. O'qildi: 1863 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!