Kiberxavfsizlik yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat olib boruvchi "Morphisec" kompaniyasi o‘z hisobotida "Facebook" ijtimoiy tarmog‘ida soxta reklamalar orqali ma’lumotlarni va akkauntlarni eegallab oluvchi yangi "SYS01stealer" zararli havolasi aniqlanganligi haqida ma’lumot berdi.
"SYS01stealer" o‘z qurbonlarini asosan "Google Ads" reklama platformasi va "Facebook" soxta akkauntlardan foydalangan holda turli ko‘rinishdagi o‘yinlar va bepul dasturlarning reklamasi orqali jalb qilib, zararli faylni ko‘chirib olishga undaydi.
"SYS01stealer" asosan "Facebook" ijtimoiy tarmog‘idagi korporativ va biznes-akkauntlarga yo‘naltirilgan bo‘lib, egallangan akkauntlar zararli havolani yanada keng tarqalishiga olib keladi.
Zararli havola foydalanuvchi tomonidan o‘yin yoki bepul dasturlarni yuklab olish uchun soxta havolaga o‘tgan vaqtida ishga tushadi.