Facebook da vafot etgan foydalanuvchilarning xotiralarini baham ko‘rish va sahifalarini boshqarish imkonini beruvchi yangi funksiya paydo bo‘ldi, deya xabar beradi Korrespondent.net .
Funksiya foydalanuvchiga uning o‘limidan so‘ng u tanlangan shaxs tomonidan sahifani saqlash imkonini beradi.
Ushbu foydalanuvchi marhumning akkauntini boshqarishi va xotiralarini bo‘lishishi mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, foydalanuvchini vafot etganidan so‘ng sahifani butunlay o‘chirib tashlaydigan qilib sahifani sozlash mumkin.
Marhumlarning akkauntlari xotira maqomini oladi va sahifaning sobiq egasi ismi oldida xotiramizda degan so‘z paydo bo‘ladi.