Eldor Shomurodov "Roma"dan "Istanbul"ga o‘tishga yaqin turibdi.
30 yoshli forvard 2,7 million yevroga sotib olish sharti bilan 3 million yevro evaziga ijara asosida turk klubiga o‘tadi, deya xabar bermoqda insayder Fabrisio Romano.
Shuningdek, shartnomada Shomurodovning keyinchalik sotilishidan "Roma"ga 10 foiz miqdorida mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.
O‘zbekistonlik futbolchi yana bir yilga uzaytirish huquqi bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi.
Shomurodov o‘tgan mavsum A Seriyada 27 ta o‘yinda 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.