Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

ExxonMobil O‘zbekistonda sintetik moylar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin

A A A
ExxonMobil O‘zbekistonda sintetik moylar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin

AQShning ExxonMobil kompaniyasi “Uzbekistan GTL” zavodi negizida sintetik moylar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin. Bu haqida Energetika vazirligi xabar qilmoqda.
“ExxonMobil” O‘zbekistonda sintetik moylar ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. O‘zbekistondagi GTL zavodi negizida 100 ming tonnagacha sintetik moylar ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyati mavjud bo‘lib, bu kelajakda respublikada yuqori sifatli motor moylarini to‘laqonli ishlab chiqarishni yaratish imkonini beradi, - deyilgan xabarda.
ExxonMobil - dunyodagi eng yirik neft kompaniyalaridan biridir. Shtab kvartirasi AQShning Texas shtatida joylashgan. Kompaniya Osiyo va Shimoliy Amerika hududida neft va gaz qazib olish bilan shug‘ullanadi.

Kiritildi: 10:32 17.02.2022. O'qildi: 1752 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!