Bugun 18 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Evropaning Tramp chaqirig‘iga javob berishdagi qiyinchiliklari ularning muammolarini ko‘rsatadi

Evropaning Tramp chaqirig‘iga javob berishdagi qiyinchiliklari ularning muammolarini ko‘rsatadi

Evropa Ittifoqining AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiyaga nisbatan qat’iyroq pozisiyaga chaqiruviga yagona javobni shakllantirishdagi qiyinchiliklari blokning o‘z siyosatini muvofiqlashtirishda duch kelayotgan muammolarini ko‘rsatadi.

Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) xabar bermoqda.

Nashrning qayd etishicha, Yevropa yetakchilari Tramp ularning bosimiga javoban "ssenariyni ag‘darib tashlaganidan" keyin hamon yagona javobni shakllantira olmayapti. Avvalroq YEI AQShni sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirgan, biroq Amerika rahbari blokning o‘zi Rossiya neftini xarid qilishni to‘xtatishni, Rossiya bilan savdo qiluvchi mamlakatlarga tariflar joriy etishni va Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalanishni taklif qilgan.

Joriy hafta Yevropa yetakchilari Rossiyaga qarshi taklif qilingan sanksiyalar paketini qabul qilishni uni kuchaytirish yo‘llarini izlash uchun qoldirdi, deb yozadi nashr. Maqola mualliflarining qayd etishicha, yevropaliklar avvalroq blokning global kapital uchun mo‘ljallangan obro‘siga putur yetkazishidan qo‘rqib, muzlatilgan aktivlardan foydalanish masalasini ko‘rib chiqishni istamagan.

Kiritildi: Bugun 09:45. O'qildi: 299 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!