Qo‘shma Shtatlar Rossiya bilan bevosita harbiy to‘qnashuv kelib chiqishi xavfi tufayli Yevropa Ittifoqi mudofaasini moliyalashtirishni to‘xtatishi lozim.
Bu haqda Amerikaning nufuzli The American Conservative (AC) nashri tahliliy materialida ma’lum qilindi.
Nashrning ta’kidlashicha, Yevropa mudofaasi uchun AQSh tomonidan ajratilayotgan mablag‘larning muntazam oshirib borilishi vaziyatni yanada keskinlashtirishi mumkin.
«Mudofaa byudjetining tinimsiz o‘sib borishi Yevropa ittifoqidagi «jangga tashna» siyosatchilarni Ukrainadagi vaziyatni yanada keskinlashtirishga va NATO hamda Rossiya o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy to‘qnashuv xavfini oshirishga undashi mumkin», — deyiladi maqolada.