Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Evropaning eng yaxshi murabbiyi aniqlandi

Evropaning eng yaxshi murabbiyi aniqlandi

"PSJ" ustozi Luis Enrike ESPN talqini bo‘yicha Yevropaning eng yaxshi 30 murabbiyi ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi.

Ispaniyalik mutaxassis "Liverpul" ustozi Arne Slot (2) va "Manchester Siti" vakili Xosep Gvardiolani (3) ortda qoldirdi.

Kuchli beshlikdan, shuningdek, avval Leverkuzenning "Bayer" klubida ishlagan, hozirda Madridning "Real" klubini boshqarayotgan Xabi Alonso (4) va Xans-Diter Flik (5) ("Barselona") joy olgan.

6-10-o‘rinlarga Mikel Arteta ("Arsenal"), Antonio Konte ("Napoli"), Simone Indzagi ("Al-Hilol"), Jan Pyero Gasperini ("Roma") va Ernesto Valverde ("Atletik" Bilbao) joylashdi.

"Chelsi" ustozi Enso Mareska klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi g‘alabadan so‘ng 12-o‘rinni egalladi.

Ro‘yxatni Frankfurtning "Ayntraxt" klubidan Dino Tommeller yakunladi.

Kiritildi: 11:57 13.08.2025. O'qildi: 734 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!