Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Evropani qamrab olgan anomal issiqlik tufayli iyun oyi oxirida 10 000 dan ortiq o‘lim qayd etildi

Evropani qamrab olgan anomal issiqlik tufayli iyun oyi oxirida 10 000 dan ortiq o‘lim qayd etildi


Bu haqda Yevropaning Kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish markazi (ECDC) hamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ko‘magida faoliyat yurituvchi EuroMOMO o‘lim holatlari monitoringi dasturi xabar berdi.

Jazirama ob-havo bilan bog‘liq o‘lim holatlarining aksariyati 65 yosh va undan kattalar orasida qayd etilgan. Mutaxassislarga ko‘ra, anomal harorat nafaqat issiq urishiga, balki yurak-qon tomir va nafas yo‘llari kasalliklarining kuchayishiga ham olib keladi. Keksa yoshdagi insonlar esa bunday xavf qarshisida eng zaif qatlam hisoblanadi.

Tadqiqot doirasida Yevropaning 27 ta davlati milliy statistikasi umumlashtirilgan. Hisobotda alohida mamlakatlar bo‘yicha batafsil raqamlar keltirilmagan. Iyun oyining so‘nggi haftasida “o‘ta yuqori ortiqcha o‘lim ko‘rsatkichi” asosan Fransiya va Belgiyada kuzatilgani qayd etildi.

Germaniyaning Robert Kox instituti ma’lumotlariga ko‘ra, iyun oyi oxiriga kelib mamlakatda jazirama issiqdan taxminan 5 100 kishi vafot etgan. Ularning 4 310 nafari faqatgina 22 iyundan 28 iyungacha bo‘lgan eng issiq haftada hayotdan ko‘z yumgan.

Buyuk Britaniyadagi London Imperial kolleji tadqiqotida ma’lum qilishicha, yun oyi oxirida birgina Angliya va Ujlsda 2 700 ga yaqin odam jazirama qurboniga aylangan. Aynan shu ilmiy jamoaning hisob-kitoblariga ko‘ra, anomal issiqlik to‘lqini Yevropaning 12 ta yirik shahrida jami 2 300 ga yaqin kishining umriga zomin bo‘lgan. Issiq havo tufayli eng ko‘p o‘lim holatlari Milan, Parij va Barselonada qayd etilgan.

Kiritildi: 21:16 13.07.2026. O'qildi: 808 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!