Evropa Komissiyasi energiya narxlari yuqori darajada saqlanib qolayotgani va gaz zaxiralari tarixiy eng past ko‘rsatkichga tushgani sababli Yevropa Ittifoqi davlatlarini gaz hamda elektr energiyasi iste’molini majburiy ravishda qisqartirishga chaqirdi.
Evrokomissar Dan Yorgensenning ta’kidlashicha, global bozorda energiya ta’minoti cheklangan va narxlar keskin o‘zgarib turgan sharoitda talabni majburiy kamaytirish narxlarni jilovlashning samarali vositasi bo‘lishi mumkin.
Evropa Komissiyasi bunday choralar qancha vaqt davom etishini hozircha aniq belgilamagan. Ma’lum qilinishicha, gaz zaxiralarining past darajasi va Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi Yevropa uchun qimmat energiya mavsumi xavfini oshirmoqda.