Bugun 4 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Evropada har kuni alkogol iste’mol qiladiganlar eng ko‘p bo‘lgan davlatlar ma’lum bo‘ldi

Evropada har kuni alkogol iste’mol qiladiganlar eng ko‘p bo‘lgan davlatlar ma’lum bo‘ldi

Evropa Ittifoqida har kuni alkogol iste’mol qiladigan aholi ulushi eng yuqori bo‘lgan davlatlar ma’lum qilindi. Eurostat statistikasiga ko‘ra, Portugaliya, Italiya va Belgiya bu ko‘rsatkich bo‘yicha yuqori o‘rinlarda qayd etilgan.

2025 yil yakunlariga ko‘ra, Portugaliyada 16 yoshdan katta aholining 16 foizi har kuni alkogol iste’mol qilgan. Italiyada bu ko‘rsatkich 7,9 foizni, Belgiya va Daniyada 7,5 foizni tashkil etgan. Niderlandiyada 6,3 foiz, Fransiyada esa 5,9 foiz aholi har kuni alkogol iste’mol qilgan.

Evropa Ittifoqi bo‘yicha 16 yoshdan katta aholining 4,8 foizi har kuni, 19,2 foizi haftalik va 21,8 foizi oylik ravishda alkogol iste’mol qilgan. Aholining 33,5 foizi esa 2025 yil davomida umuman alkogol iste’mol qilmagan.

Statistikada jins va yosh bo‘yicha ham farq kuzatilgan. Oyiga kamida bir marta alkogol iste’mol qilgan erkaklar ulushi 56,5 foizni, ayollarniki esa 35,9 foizni tashkil etgan.

Har kuni alkogol iste’mol qiladiganlar ulushi yosh ortishi bilan ko‘paygan: 16–24 yoshdagilar orasida bu ko‘rsatkich 0,8 foiz bo‘lgan bo‘lsa, 65 yoshdan kattalarda 8,9 foizga yetgan.

Kiritildi: 17:49 03.10.2026. O'qildi: 524 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!