Bugun 2 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Evropada gaz narxi 20 foizga oshdi

Evropada gaz narxi 20 foizga oshdi

Dushanba kuni savdolar ochilishi bilan Yevropada gaz narxi 20 foizga qimmatlashdi. Bu holat AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy harakatlari fonida kuzatilmoqda.

Brent neftining narxi birjadan tashqari savdolarda 10% ga ko‘tarilib, bir barrel uchun taxminan 80 dollarga yetdi, deb xabar beradi DW

Londonning ICE birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, Niderlandiyada joylashgan Yevropa gaz bozorining asosiy savdo maydonida gaz narxi ming kub metr uchun taxminan 470 dollargacha (yoki 1 MVt-soat uchun 38,67 yevro) ko‘tarildi.

Tahlilchilar neft narxining o‘sishi ortidan gaz ham yanada qimmatlashishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

— Harbiy hujum neft narxlarini qo‘llab-quvvatlasa-da, hal qiluvchi omil Hormuz bo‘g‘ozining yopilishi hisoblanadi. Biz dam olish kunlaridan keyin narx bir barrel uchun 100 dollarga yaqinlashishini va agar suv yo‘li yopiq bo‘lib qolsa, undan oshib ketishini kutmoqdamiz, — dedi ICIS tahliliy kompaniyasi vakili Adjay Parmar.

Kiritildi: Bugun 15:05. O'qildi: 573 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!