Evropa uzoq masofali gipertovushli qurol tizimlarini joylashtirish bo‘yicha so‘rov yubordi.
Bu haqda NATOning Yevropadagi qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni general Kristofer Kavoli ma’lum qilganini TASS xabar bermoqda.
"Ulardan birini Yevropada joylashtirish bo‘yicha so‘rov mavjud. Bu haqda yopiq majlisda batafsil ma’lumot berishim mumkin," - deya u AQSh Senatida ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Pentagondagi uzoq masofali qurollar bo‘yicha maxsus guruh qurolli kuchlarning turli turlarida bir nechta shunday tizimlarga ega.
Bundan oldin Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakatning 2035 yilga kelib Rossiyani tiyib turish maqsadida yadroviy kallakli gipertovushli raketalarni joylashtirishini ma’lum qilgandi. U barcha zamonaviy havo hujumidan mudofaa kuchlarini yengib o‘ta oladigan harbiy-havo kuchlarini yaratish Fransiyaning yadroviy tiyib turish doktrinasining asosini tashkil etishini alohida ta’kidladi.