Evropa Ittifoqi payshanba kuni 2030 yilgacha mo‘ljallangan "Evropa mudofaa tayyorgarligi" rejasini rasman taqdim etadi. Uning mazmuni allaqachon matbuotga chiqib ketgan.
"2030 yilga kelib, Yevropa o‘z raqiblarini ishonchli tarzda ushlab turish, shuningdek, har qanday tajovuzga javob berish uchun yetarlicha kuchli mudofaa tizimiga muhtoj bo‘ladi, - deya hujjatdan iqtibos keltiradi Politico. - Rossiya yaqin kelajakda Yevropa xavfsizligiga doimiy tahdid soladi".
Nashrning yozishicha, Bryussel "2030 yilgacha harbiy imkoniyatlardagi muhim bo‘shliqlarni to‘ldirmoqchi." Bu bo‘shliqlar orasida havo va raketaga qarshi mudofaa, uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqish, yangi artilleriya sotib olish, sun’iy intellektni joriy etish kabilar bor.
Ushbu loyihalarning barchasi uchun xarajatlarni yevropaliklar ittifoqning barcha a’zolari o‘rtasida taqsimlamoqchi.