Bugun 1 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Evropa Ukrainaga yuborish uchun hatto 25 ming nafar tinchlikparvar kuchlarini yig‘ishda qiyinchilikka duch kelmoqda

Evropa Ukrainaga yuborish uchun hatto 25 ming nafar tinchlikparvar kuchlarini yig‘ishda qiyinchilikka duch kelmoqda

Evropa Ukrainaga yuborish uchun hatto 25 ming nafar tinchlikparvar kuchlarini yig‘ishda qiyinchilikka duch kelmoqda. Bu haqda The Times nashri xabar berdi.

Nashr manbalariga ko‘ra, Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Toni Radakin uning mamlakati bu tashabbus uchun 10 ming nafargacha harbiy ajratishga tayyorligini bildirgan va boshqa yevropalik hamkasblaridan 64 ming kishilik kontingent tuzish imkoniyati bor-yo‘qligini so‘ragan. Biroq ular bunday imkoniyat “umuman mavjud emasligini” aytishgan va hatto 25 ming kishilik tinchlikparvar kuchlarini shakllantirish ham “umumiy sa’y-harakatlarni” talab qilishini bildirgan.

The Times ma’lumotlariga ko‘ra, Fransiya 5–10 ming askar ajratishga tayyor. Estoniya va Finlyandiya tinchlikparvarlarni yuborish ularning o‘z chegaralaridagi harbiy kuchlarini zaiflashtirishidan xavotirda. Polsha, Ispaniya va Italiya esa harbiylarini Ukrainaga yubormasligini aniq bildirgan. Germaniya umuman olganda Ukrainaga quruqlikdagi qo‘shinlarni yuborishga qarshi, biroq Berlin bunday ehtimolni to‘liq istisno qilmagan.

Litva mudofaa vaziri Dovile Shakalene yevropalik hamkasblariga Rossiya armiyasining soni 800 ming nafar ekanini eslatgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Yevropa 64 ming askarni ham yig‘a olmasa, bu uning zaifligini ochiq e’tirof etish hisoblanadi.

Kiritildi: 18:50 30.04.2025. O'qildi: 352 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!