Bugun 11 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Evropa suvsiz qolmoqda, bir nechta mamlakatda daryolar birdaniga sayozlashdi

Evropa suvsiz qolmoqda, bir nechta mamlakatda daryolar birdaniga sayozlashdi

​Germaniya, Vengriya, Serbiya, Italiya, Fransiya va Niderlandiyaning ayrim daryolarida suv sathi keskin darajada pasaygani qayd etildi. Qurg‘oqchilik sababli o‘simliklar ham nobud bo‘lmoqda.

​Kyoln sobori yaqinida suv ostidan urushdan keyin vayron bo‘lgan ko‘prik qoldiqlari ko‘rinib qoldi, Serbiyada esa qayiqlar Dunayning sayozlashgan tubida qolib ketdi.

Avvalroq, kuchli qurg‘oqchilik sababli Germaniyada Elba daryosidan "ochlik toshlari" ko‘rinib qolgani xabar qilingandi .

​Toshlarda suv sathining o‘ta pasayib ketish belgilari o‘yib yozilgan bo‘lib, o‘tmishda bu holat hosilsizlik va ochlik darakchisi hisoblangan.

​Pirna hududida Elba suv sathi uzoq vaqtdan beri bir metrdan pastda saqlanib qolmoqda, Drezdenda esa daryo chuqurligi 54 santimetrgacha qisqargan.

Kiritildi: Bugun 15:22. O'qildi: 865 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!