Bugun 11 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Eron oliy rahnamosining maslahatchisi Muhsin Rizoiy Milliy xavfsizlik kengashi rahbari etib tayinlandi

Eron oliy rahnamosining maslahatchisi Muhsin Rizoiy Milliy xavfsizlik kengashi rahbari etib tayinlandi

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali yuk tashish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgan paytda Milliy xavfsizlik oliy kengashi rahbarini o‘zgartirdi.

Muhammad Boqir Zulqadr 24 mart kuni havo hujumlari oqibatida o‘lgan Ali Larijoniy o‘rnigaa Milliy xavfsizlik kengashi rahbari lavozimini egallagandi. U besh oy o‘tib, 9 avgust kuni bu lavozimdan chetlatildi.

Endilikda uning o‘rnini Eron oliy rahnamosi Mujtabo Xominiyning siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Muhsin Rizoiy egalladi. U Eron-Iroq urushi davrida Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) bosh qo‘mondoni lavozimida ishlagan.

Milliy xavfsizlik kengashi yuqori martabali fuqarolik va harbiy mulozimlarni o‘z ichiga oladi. Rasman, kengash kotibini Eron prezidenti tayinlaydi. Biroq amalda bu lavozimni kim egallashini oliy rahnamo hal qiladi.

Ekspertlarga ko‘ra, Muhsin Rizoiyning Milliy xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinlanishi AQSh bilan muzokaralarga boshchilik qilayotgan Muhammad Boqir G‘olibofning ta’sirini muvozanatlashtirishga qaratilgan harakatdir. IIQKning yana bir faxriy qo‘mondoni hisoblangan G‘olibof hozirda parlament spikeri hisoblanadi.

Kiritildi: Bugun 09:36. O'qildi: 902 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!