Bugun 11 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

"Makka qo‘shma mudofaa bitimi"ga Misr ham qo‘shilishi mumkin

"Makka qo‘shma mudofaa bitimi"ga Misr ham qo‘shilishi mumkin

Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston o‘rtasidagi mudofaa shartnomasi mintaqaning boshqa davlatlari, jumladan, Misrni ham qamrab olishi mumkin

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan ma’lum qildi.

Gap 7 avgust kuni imzolangan “Makka qo‘shma mudofaa bitimi” haqida ketmoqda. Uni imzolash marosimida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud ishtirok etgandi.

"Bir qancha davlatlar Makkada imzolangan uch tomonlama xavfsizlik kelishuviga qo‘shilishdan manfaatdor. O‘ylaymanki, keyingi bosqichda Misr ham biz bilan birga bo‘ladi", — dedi Hoqon Fidan.

Shartli ravishda “Makka alyansi” yoki “Makka mudofaa alyansi” deb nomlangan guruh Erondagi urush fonida tuzilgan. U o‘z a’zolarini ittifoqchilarga qilingan hujumlarga birgalikda javob qaytarishga majbur qiladi. Bunday funksiyasi bilan u NATO nizomining 5-moddasiga o‘xshaydi.

"Pokistonning ishtiroki alyansning qamrovi mintaqaviy va Yaqin Sharqdan ancha kengroq ekanini ko‘rsatadi", —dedi Fidan.

U Turkiya prezidenti alyansning kengayishi tarafdori ekanini aytdi. Pokiston tashqi ishlar vaziri Muhammad Is’hoq Dor ham kelishuv mintaqadagi har qanday mamlakat uchun ochiq ekanini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 09:51. O'qildi: 1066 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!