Bugun 11 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

"Bu siyosiy tizimning o‘z-o‘zini fosh qilishidir..."

"Bu siyosiy tizimning o‘z-o‘zini fosh qilishidir..."

"​Davlat dumasiga urushga qarshi shiorlar bilan chiqqan "Yabloko" partiyasini saylovdan chetlatish haqidagi Oliy sud qarori hokimiyatning qo‘rqib qolganidan dalolat beradi", — dedi "Yabloko" federal siyosiy qo‘mitasi raisi Grigoriy Yavlinskiy.

​Siyosatchining ta’kidlashicha, partiya saylovlarga "Tinchlik va ozodlik uchun!" dasturi bilan borgan. "Yabloko" a’zolari o‘t ochishni to‘xtatish, diplomatiya va tinchlik tarafdori bo‘lib, yadroviy urush hamda siyosiy qatag‘onlarga qarshi chiqmoqda.

​Yavlinskiyning so‘zlariga ko‘ra, turli qarash va pozisiyadagi insonlar partiyani aynan unda "juda oddiy, qisqa va mutlaqo aniq dastur" bo‘lgani uchun qo‘llab-quvvatlagan.

​"Aynan shunday dasturga ega partiyaning hech bir real asoslarsiz saylovdan olib tashlanishi, bu siyosiy tuzumning o‘z-o‘zini fosh qilishidir. Bu qaror dasturimizning muhimligi haqida har qanday rasmiy saylov natijalaridan ko‘ra ko‘proq narsani anglatadi. Ochiq-odin ko‘rinib turibdiki, bugungi kunda tinchlik va ozodlikka bo‘lgan talab hokimiyat taxmin qilganidan ancha kuchliroq bo‘lib chiqdi.

"​Partiyaning saylovlardan chetlatilishi hokimiyat uchun noqulay savollarni berayotgan odamlar bilan muloqot qilishdan bosh tortishni anglatadi. Gap faqat "Yabloko" nomzodlari haqida emas, balki ularni qo‘llab-quvvatlayotgan yoki qo‘llab-quvvatlashi mumkin bo‘lgan kishilar haqida bormoqda.

​Hokimiyat bundan qo‘rqib ketdi yoki bularning barchasini tushunmayapti va "Yabloko"ni saylovlardan oldirib tashlamoqda", — deb ta’kidlangan bayonotda.

Kiritildi: Bugun 12:36. O'qildi: 1002 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!