Rossiya Boks Federasiyasi xabariga ko‘ra, 84 yoshida taniqli bokschi Viktor Ageev hayotdan ko‘z yumdi.
Ageev 2 karra Yevropa chempioni (1965, 1967), 4 karra SSSR chempioni (1963 – yarim o‘rta vazn, 1965, 1966, 1967 – birinchi o‘rta vazn) edi.
U sportdagi faoliyatini yakunlagach, murabbiylik qildi va SSSR da xizmat ko‘rsatgan murabbiy unvoniga sazovor bo‘ldi. 1992 yilda Rossiya professional boks federasiyasi prezidenti etib saylanib, uni 2017 yilgacha boshqardi. Shuningdek, WBA (Jahon boks assosiasiyasi) va PABA rahbariyatida faoliyat yuritgan.