Evropa siyosatchilari Trampni Rossiya bilan birgalikda tuzilgan Ukraina bo‘yicha “tinchlik rejasi”ni amalga oshirishdan qaytarishga urinadi — WSJ.
Evropalik siyosatchilar Qo‘shma Shtatlarning Ukrainadagi urushni to‘xtatish shartlarini o‘z ichiga olgan rejasiga qarshi chiqib, bu masala bo‘yicha Kiyevning roziligi zarurligini va mojaro taslim bo‘lish shaklida tugamasligi lozimligini ta’kidlamoqda.
The Wall Street Journal'ning yozishicha, endi Yevropa rasmiylari Vashingtondagi aloqalaridan foydalanib, “Rossiya uchun haddan tashqari foydali” deb hisoblanayotgan taklif Tramp ma’muriyati tomonidan ilgari surilishiining oldini olishga harakat qilishadi.
"Oq uy AQSh vositachiligida G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha erishilgan kelishuvdagi kabi yondashuvdan foydalanishga urinmoqda. O‘shanda Vashington ko‘p bandli reja ishlab chiqqan va jang qilayotgan tomonlarni uni qabul qilishga majburlagan edi", deya yozmoqda nashr.