Bugun 31 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Evropa Rossiyaga qo‘yilgan sanksiyalarni yumshatishdan bosh tortdi. Moskva esa...

Evropa Rossiyaga qo‘yilgan sanksiyalarni yumshatishdan bosh tortdi. Moskva esa...

Evropa Rossiyaga qo‘yilgan sanksiyalarni yumshatishdan bosh tortdi. Moskva esa ularni bekor qilishni dengizda o‘t ochishni to‘xtatish sharti deb atagandi.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer Yevropa davlatlari sanksiyalarni kuchaytirish yo‘llarini muhokama qilganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, bu AQSh tashabbusini qo‘llab-quvvatlash va Rossiyani muzokaralar stoliga o‘tqazish uchun amalga oshirilmoqda.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham uchrashuv natijalari bo‘yicha o‘z munosabatini bildirib, Yevropa yetakchilari Ukrainaga bir nechta davlatning "kafolat guruhlari"ni jo‘natish imkonini ko‘rib chiqayotganini aytdi. Unga ko‘ra, bu harbiylar tinchlikparvar kuchlar emas, ular to‘qnashuv nuqtalarida emas, balki Ukraina hududining strategik mintaqalarida joylashtiriladi.

Saudiya Arabistonida o‘tgan muzokaralardan so‘ng AQSh va Ukraina Qora dengizda vaqtinchalik otashkesimga kelishib olganini e’lon qildi. Biroq Rossiya bunday kelishuvga faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportchilariga qo‘yilgan sanksiyalar bekor qilinib, “Rosselxozbank” SWIFT tizimiga qayta ulanganidan keyingina rozi bo‘lishini bildirdi.

Kiritildi: 20:34 27.03.2025. O'qildi: 4729 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!