Evropa kelayotgan qishda ukrainalik qochqinlarning yangi oqimiga duch kelishi mumkin. Bu haqda Berliner Zeitung nashri yozdi.
Nashr materialda Ukrainadagi vaziyat yanada yomonlashishi ehtimoliga e’tibor qaratgan.
«Agar vaziyat haqiqatan ham shunday yomonlashsa, bu allaqachon juda jiddiy tus olgan qochqinlar inqirozi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keladi», — deyiladi maqolada.