Bu 2024 yilni global miqyosdagi eng issiq yil deb topilishiga sabab bo‘ladi.
Kopernik iqlim markazi rahbari o‘rinbosari Samanta Burgessning ta’kidlashicha, iqlim o‘zgarishiga qarshi keskin choralar ko‘rilmasa, Parij kelishuvi maqsadlariga erishish qiyin bo‘ladi. Ushbu kelishuv insoniyatni iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan halokatli oqibatlardan himoya qilishni maqsad qiladi.
Qish sovuq, energiya tanqisligi yuqori
Evropada qish mavsumi allaqachon keskin sovuq va namgarchilik bilan boshlandi. Ispaniyada suv toshqinlari, Gresiya va Sharqiy Yevropada haddan tashqari yog‘ingarchilik kuzatildi. Shu bilan birga, Germaniya va Shotlandiyaga yangi qor to‘lqini kirishi kutilmoqda.
Energiya inqirozi esa hali ham Yevropani qiynab kelmoqda. Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan keyin gaz yetkazib berishning qisqarishi Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida isitish narxlarining yuqori darajada qolishiga sabab bo‘lmoqda. Gaz omborlari to‘yinganligi darajasi yildan-yilga pasayib bormoqda: bu yil dekabr boshida omborlar faqat 86% to‘lgan.
Global oqibatlar
Iqlim o‘zgarishi nafaqat Yevropada, balki dunyo miqyosida halokatli oqibatlar olib kelmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, har yili iqlim muammolari sababli yarim million odam hayotdan ko‘z yummoqda. Suv aylanishidagi o‘zgarishlar qurg‘oqchilik, bo‘ronlar, o‘rmon yong‘inlari va suv toshqinlari kabi muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Bu esa kelajakda global iqtisodiyotga katta zarar yetkazishi mumkin. Xususan, Yevropada isitish mavsumining yuqori xarajatlari aholining moliyaviy qiyinchiliklarini yanada kuchaytirishi kutilmoqda.
Sinoptiklar Yevropaga yana bir sovuq havo to‘lqini, Germaniya va Shotlandiyada qor yog‘ishini taxmin qilmoqda. Prognozlarga ko‘ra, yilning an’anaviy eng sovuq oylari - yanvar va fevral oylari o‘rtacha darajadan biroz issiqroq bo‘lishi kutilmoqda.