Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Evropa ligasi. Ispaniya inglizcha finalga mezbonlik qiladi

Evropa ligasi. Ispaniya inglizcha finalga mezbonlik qiladi

Evropa ligasi yarim finalining 9 mayga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tgan javob o‘yinlarida ham Angliya klublarining qo‘li baland keldi.

«Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Atletik»ni, «Tottenhem» safarda «Budyo-Glimt»ni mag‘lubiyatga uchratdi.

Evropa ligasi. Yarim final

Manchester Yunated — Atletik — 4:1

Gollar: Maunt (72, 90+1), Kazemiro (79), Hoylund (85) — Xauregisar (31).

Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, «MYu» «Atletik»ni 7:1 hisobida yengib, finalga yo‘l oldi.

Budyo-Glimt — Tottenhem — 0:2

Gollar: Solanke (63), Porro (69).

Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, «Tottenhem» «Budyo-Glimt»ni 5:1 hisobida yengib, finalga chiqdi.

Evropa ligasi g‘olibi 21 may kuni aniqlanadi — «Manchester Yunayted» va «Tottenhem» Ispaniyadagi «San-Mames» stadioni («Atletik» maydoni)da to‘qnashadi.

Kiritildi: 08:23 09.05.2025. O'qildi: 570 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!