Evropa komissiyasi Ukrainaga harbiy ehtiyojlar uchun yana 3,47 milliard yevro ajratdi. Mablag‘lar uzoq masofaga uchuvchi dronlar, raketalar, havo mudofaasi tizimlari hamda «Gripen» qiruvchi samolyotlarini xarid qilishga yo‘naltiriladi.
Evropa komissiyasiga ko‘ra, yangi transh Ukraina havo hududini himoya qilish va mamlakatning mudofaa salohiyatini kuchaytirishga qaratilgan.
Mazkur mablag‘ Ukraina uchun 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan 90 milliard yevrolik moliyaviy dastur doirasida ajratilmoqda. Uning 60 milliard yevrosi Ukraina mudofaa sanoati salohiyatini rivojlantirishga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.