Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Evropa komissiyasi Ukraina uchun havo mudofaasi va o‘q-dorilarga 6,1 milliard yevro ajratishni ma’qulladi

Evropa komissiyasi Ukraina uchun havo mudofaasi va o‘q-dorilarga 6,1 milliard yevro ajratishni ma’qulladi

Qo‘shimcha mablag‘lar havo va raketa mudofaasi tizimlari, o‘q-dorilar, dronlar hamda radioelektron kurash vositalarini sotib olishga yo‘naltiriladi.

Evropa komissiyasining qarori Kiyevga, jumladan, Patriot tizimlari uchun PAC-3 raketa-tutqichlarini sotib olish imkonini beradi.

Mablag‘lar Yevropa Ittifoqining Ukrainaga 2026–2027 yillarda yordam ko‘rsatish uchun ajratilgan krediti hisobidan beriladi.

Evropa komissari Andryus Kubilyusning aytishicha, Ukraina qish boshlanguniga qadar imkon qadar ko‘proq PAC-3 raketalarini olishni rejalashtirmoqda. Buning uchun hamkor davlatlar Kiyevga o‘z zaxiralaridagi raketalarni vaqtincha berish, keyin esa ularni kelajakdagi yetkazib berishlar hisobidan qayta to‘ldirish sxemasi ko‘rib chiqilmoqda.

Yangi paketni moliyalashtirish uchun Yevropa komissiyasi dasturning standart qoidalaridan bir qator istisnolarni ma’qulladi.

Yangi qarordan so‘ng Ukraine Support Loan dasturi doirasida Yevropa Ittifoqining 2026 yil uchun Ukrainaga tasdiqlagan mudofaa yordami hajmi 28,3 milliard yevroga yetdi.

Ushbu mablag‘lar doirasida asosiy xaridlar, yetkazib beruvchilar va qurol-yarog‘larni yetkazib berish muddatlari allaqachon belgilangan.

Kiritildi: 23:30 11.09.2026. O'qildi: 1178 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!