Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Evropa komissiyasi Gucci, Chloé va Loeweni jarimaga tortdi

Evropa komissiyasi Gucci, Chloé va Loeweni jarimaga tortdi

Uchta taniqli brend YEKning monopoliyaga qarshi qoidalarini yillar davomida buzganlikda ayblanmoqda, deb xabar beradi DW.

“Har uchala kompaniya ushbu brendlarni sotuvchi mustaqil do‘konlar va onlayn platformalarning tijorat siyosatiga aralashdi”, - deyiladi Yevropa Komissiyasi (EK) 14 oktyabr, seshanba kuni e’lon qilingan bayonotda.

Kompaniyalar regulyatorning qaroriga rozi bo‘ldi.

Eng katta jarima — 120 million yevro — Fransiyaning Kering konglomerati tarkibiga kiruvchi Gucci kompaniyasiga solingan. Fransiyaning Chloé moda uyi 20 million yevro, ispan brendi Loewe esa taxminan 18 million yevro to‘lashga majbur bo‘ldi. Ko‘rsatilgan miqdorlar kamaytirildi, chunki uch kompaniya ham tergov davomida hamkorlik qilgan, deb ta’kidladi Yevrokomissiya.

Kiritildi: 22:15 15.10.2025. O'qildi: 669 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!