Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Evropa Kengashi va Ukraina maxsus tribunal tuzish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Evropa Kengashi va Ukraina maxsus tribunal tuzish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Evropa Kengashi va Ukraina Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzi yuzasidan maxsus tribunal tashkil etish bo‘yicha kelishuv imzoladi. Hujjatni Yevropa Kengashi bosh kotibi Alen Berse va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy imzoladi.

Tribunal Rossiyaning yuqori siyosiy va harbiy rahbariyati — jumladan, prezident Vladimir Putin, bosh vazir Mixail Mishustin va tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov kabilarni sud qilish uchun tuzilmoqda. Ammo sud jarayoni faqat ular lavozimni tark etgandan so‘ng boshlanishi mumkin.

Vladimir Zelenskiy:

“Har bir harbiy jinoyatchi bilishi kerak — adolat bor. Bu Rossiyaga ham taalluqli. Adolat kechiksa-da, albatta amalga oshadi.”

Tribunal BMT tomonidan “tajovuz jinoyati” sifatida belgilangan holatni ko‘rib chiqadi — ya’ni bir davlat tomonidan boshqa davlatning hududiy yaxlitligi va siyosiy mustaqilligiga qarshi kuch ishlatish.

Spestribunal Xalqaro jinoiy suddan farqli ravishda fuqarolarni emas, faqat siyosiy va harbiy rahbarlarni sud qiladi.

Maqsad — Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini tashkil qilganlarni javobgarlikka tortish va xalqaro huquqni tiklash.

Kiritildi: 09:26 26.06.2025. O'qildi: 780 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!