Bugun 29 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Evropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha rahbari Kaya Kallas Isroil va HAMAS o‘rtasidagi muzokaralarni qayta boshlashga chaqirdi

Evropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha rahbari Kaya Kallas Isroil va HAMAS o‘rtasidagi muzokaralarni qayta boshlashga chaqirdi


"Isroil o‘zini himoya qilish huquqiga ega, ammo harbiy harakatlar mutanosib bo‘lishi kerak. Mojaroga barham berish uchun muzokaralarni qayta boshlash zarur", – deya ta’kidladi Kallas.

Isroil Tashqi ishlar vaziri Gideon Saar bilan Quddusda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Kallas "zo‘ravonlik yanada ko‘proq zo‘ravonlikni keltirib chiqarishi"ga urg‘u bergan.

"Biz hozir ko‘rayotgan vaziyat xavfli avj olib bormoqda. Bu garovga olinganlar va ularning oilalari uchun noaniqlikni keltirib chiqaryapti. Falastin xalqi o‘rtasida terror va o‘limni yoyyapti", – deya fikr bildirdi Yevropa diplomatiyasi rahbari.

Isroil Tashqi ishlar vaziri bunga javoban HAMAS Isroil shartlarini bajarsa, jumladan, garovga olinganlarni ozod qilsa, urush ertagayoq tugashi mumkinligini aytdi.

Kiritildi: 12:46 25.03.2025. O'qildi: 489 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!