Evropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan qator davlatlar rahbarlari Kiyevning 2027 yilda uyushmaga qo‘shilishiga qarshi chiqdi. Bu imkoniyat Ukrainadagi qurolli mojaroni hal etish doirasida muhokama qilinmoqda.
Bu haqda Financial Times nashri xabar berdi. Nashr qayd etishicha, Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi masalasi muhokamalar chog‘ida yuzaga kelgan kelishmovchiliklar sabab hali kelishib olinmagan.
"Bu masala Yevropa Ittifoqining ayrim davlatlari e’tiroz bildirganidan so‘ng muhokama bosqichida qolmoqda", — deyiladi nashrda.