Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Evropa Ittifoqi yoki YEOII: Armaniston qayoqqa ketyapti? -

Evropa Ittifoqi yoki YEOII: Armaniston qayoqqa ketyapti? -


Armaniston xavfsizlik, iqtisodiyot va energetika sohalarida diversifikasiya olib bormoqda.

Rossiya Tashqi va mudofaa siyosati kengashining “Zamonaviy bosqichda Rossiya–Armaniston hamkorligi” nomli hisobotida qayd etilishicha, Armaniston hozirda mudofaa sohasida o‘zining eng yirik hamkoriga aylangan davlat – Hindiston bilan faol ishlamoqda. 2022–2023 yillar oralig‘ida Yerevan va Nyu-Dehli orasida 1,5 milliard dollardan ortiq qiymatdagi harbiy shartnomalar imzolangan.

Bu kelishuvlarga Hindistonning 214 millimetrlik Pinaka raketa tizimlari, 155 mm ATAGS artilleriya qurilmalari, ZADS dronlarga qarshi tizimlari, Akash-1S zenit-raketa majmualari va boshqa qurollar kiradi.

Ikkinchi o‘rinda esa Fransiya turibdi. 2023–2024 yillarda Armaniston Fransiyadan taxminan 250 million dollarlik harbiy texnika xarid qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu doirada GroundMaster 200 radar tizimlari, Mistral 3 zenit-raketa majmualari va Caesar o‘z-o‘zini yurituvchi artilleriya tizimlari xarid qilinadi.

Hisobotda aytilishicha, Armaniston Hindiston va Fransiyadan artilleriya tizimlarini xarid qilgan holda asta-sekin sovet davriga oid 152 mm kalibrli qurollardan NATOda qabul qilingan 155 mm kalibrli tizimlarga o‘tmoqda. Shuningdek, Rossiya bilan so‘nggi harbiy shartnoma 2021-yilda, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) doirasida 400 million dollarga tuzilgan, biroq bu shartnoma to‘liq amalga oshirilmagan.

Armaniston jamiyatida Rossiyaga bo‘lgan munosabat ham sezilarli darajada o‘zgargan. Gallup International Association so‘roviga ko‘ra, Yerevanda eng do‘stona davlat deb Fransiya tan olingan. Keyingi o‘rinlarda Hindiston, Eron va AQSh turibdi. Rossiya esa ilk beshlikdan joy ololmagan — u yettinchi o‘ringa tushgan.

Armaniston, shuningdek, Yevropa Ittifoqiga integrasiyalashish yo‘lini tanladi. Joriy yil mart oyida mamlakat parlamenti YEIga a’zolik jarayonini boshlash haqidagi qonun loyihasini qabul qildi. Biroq bu yo‘lda boshqa iqtisodiy ittifoq – Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) to‘siq bo‘lishi mumkin. Rossiya bir necha bor Yerevanga ikki ittifoqqa bir vaqtda a’zo bo‘lish imkonsizligini bildirgan.

Ayni paytda Armaniston hukumati Rossiya va G‘arb davlatlari o‘rtasida muvozanat saqlash strategiyasini tanlagan. Bosh vazir Nikol Pashinyan mamlakatning YEOIIdan chiqish niyati yo‘qligini ta’kidladi va 9-may kuni Moskvadagi paradga tashrif buyurdi. Shu bilan birga, KXSHT faoliyatini ochiqchasiga inkor etmoqda hamda Yevropa bilan hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini bildirgan.

Armaniston Rossiyadan butunlay uzoqlashib, iqtisodiy diversifikasiyaga erisha oladimi?
Bu savolga TRT nashriga bergan intervyusida Integrasiya istiqbollari markazi direktori Sergey Rekeda javob berdi:

— Armaniston YEOIIdan iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‘la oladimi?
— Armaniston va YEOII o‘rtasidagi munosabatlar mustaqillikni emas, balki iqtisodiy manfaatga asoslangan hamkorlikni bildiradi. Zotan, ittifoqqa a’zolik suverenitet yoki qaror qabul qilish erkinligining cheklanishini nazarda tutmaydi.

EOII doirasida Armaniston yalpi ichki mahsulot (YAIM) o‘sishi va Rossiya bilan savdo hajmining ortishi kabi ijobiy natijalarga erishmoqda.

— Diversifikasiya qilish imkoniyati bormi?
— Har bir davlat barcha imkoniyatlarini bitta yo‘nalishga bog‘lab qo‘ymaslikni xohlaydi — bu mutlaqo amaliy yondashuv. Armanistonga yaqin aloqada bo‘lgan ko‘plab davlatlar bilan munosabatlar aynan YEOII doirasida qulayroq yo‘lga qo‘yilishi mumkin.

Xususan, Xitoy, BAA va Fors ko‘rfazi davlatlari bilan savdo aloqalari kengaymoqda.

— Bu Rossiya bilan hozirgi savdo hajmiga tenglashadimi?
— Juda qiyin. Lekin ma’lum darajada diversifikasiyani ta’minlashi mumkin.

— Agar bu G‘arb davlatlari bo‘lsa-chi?
— AQSh yoki Yevropa Ittifoqi bozorlariga kirish murakkab. Ular allaqachon shakllangan, raqobat kuchli va yangi ishtirokchilar uchun joy cheklangan.

— Rossiya va Armaniston munosabatlarida iliqlik qayd etilmoqda deb bo‘ladimi?
— Menimcha, hozircha bu munosabatlarda tub o‘zgarish haqida gapirish erta. Hozirgi holat — status-kvo saqlanmoqda. Yerevan o‘zining Yevroosiyo integrasion tuzilmalaridagi ishtirokini imkon qadar kam yo‘qotish bilan qisqartirishga urinmoqda.

Kiritildi: 14:14 16.05.2025. O'qildi: 523 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!