Evropa Komissiyasi Turkiya orqali Suriyaga 50 tonna tibbiy buyumlar yetkazib berish uchun «havo ko‘prigi» operasiyasi boshlanganini e’lon qildi.
Evropa Ittifoqining Dubaydagi zahiralaridan olingan yuk Turkiyaning Adana shahriga yuboriladi va u yerdan Suriyaga tarqatiladi. Yana 46 tonna gumanitar yordam UNICEF va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tarqatish uchun Daniyadan avtomobil yo‘li bilan Adanaga yuboriladi.
Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Leen kelgusi hafta Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan bo‘ladigan uchrashuvda yordam masalasini muhokama qilishini aytdi: «Joydagi vaziyat zaifligicha qolmoqda va Suriya xalqini qo‘llab-quvvatlashimiz har qachongidan ham muhimroq».