Evropa Ittifoqi uchinchi dunyo mamlakatlarida AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) o‘rnini qisman bo‘lsa ham egallashni maqsad qilgan.
Evropa diplomatiyasi rahbari Kayya Kallas birlashuvning rivojlanish masalalari bo‘yicha kengashi yig‘ilishiga kelganida ma’lum qilganidek, buning uchun YEI "demokratiyani ilgari surish" loyihalariga e’tibor qaratadi.
"Biz AQSh qoldirayotgan bo‘shliqni to‘ldira olmaymiz, ammo biz Yevropa ustuvorliklariga e’tibor qaratamiz - bu demokratiya, OAV erkinligi, inson huquqlari va demokratiya kabi ustuvorliklar," - deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.