Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Evropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiya zarbalaridan keyin temir yo‘llarni tiklash uchun maxsus texnika va generatorlar topshirdi

Evropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiya zarbalaridan keyin temir yo‘llarni tiklash uchun maxsus texnika va generatorlar topshirdi

Evropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiya zarbalaridan keyin temir yo‘llarni tiklash uchun maxsus texnika va generatorlar topshirdi – DW.

EI diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas va Germaniya TIV rahbari Yohann Vadeful Kiyevga tashrifi chog‘ida "Ukrzaliznisya" kompaniyasiga 23 birlik texnika, jumladan, transport va generatorlarni topshirdi. Tez orada ularga yana 25 dan ortiq texnika, xususan, ag‘darma mashinalar, ekskavator va yuqori yuk tashuvchi mashinalar qo‘shiladi. Ulardan Rossiya hujumlaridan keyin Ukraina temir yo‘llarini tiklashda foydalaniladi.

"Rossiya sodir etgan jinoyatlari hamda Ukraina va uning temir yo‘llariga yetkazgan zarari uchun tovon to‘lashi kerak", — deya ta’kidladi Kallas yordamni topshirish marosimida.

"2025 yil oxiridan boshlab Rossiya Qurolli Kuchlari harakatdagi poyezdlar, elektr poyezdlari va lokomotivlarga dron hamda raketalar bilan yanada faol hujum qilmoqda. Temir yo‘l tizimi Ukraina ijtimoiy barqarorligining eng muhim bo‘g‘inlaridan biri sifatida qasddan nishonga olinmoqda. Shu bois, ushbu tizimni qo‘llab-quvvatlash strategik ahamiyatga ega", – dedi Vadeful.

Kaya Kallas Ukraina TIV rahbari Andrey Sibiga bilan o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida, shuningdek, Yevroittifoq Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan daromadlar hisobidan Kiyevga qo‘shimcha 80 mln yevro ajratishini e’lon qildi.

Kiritildi: Bugun 18:52. O'qildi: 236 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!