Bugun 16 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Evropa Ittifoqi Ukrainaga harbiy yordam berish uchun maxsus fond tuzishni taklif qilmoqda

Evropa Ittifoqi Ukrainaga harbiy yordam berish uchun maxsus fond tuzishni taklif qilmoqda

Evropa Ittifoqi Ukrainaga harbiy yordam berish uchun maxsus fond tuzishni taklif qilmoqda. Bu haqda Euroactiv xabar bermoqda.

Nashrining xabar berishicha, Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga 2025 yilda Kiyevga 20-40 milliard yevro miqdorida ixtiyoriy harbiy yordam ko‘rsatish va bu maqsadda maxsus fond tuzish taklif qilingan. Vengriyaning pozisiyasi inobatga olingan holda, mazkur tavsiya faqat Kiyevga yordam berishni xohlagan davlatlarga yuborildi. Qaror qabul qilish uchun 30 aprelgacha muddat berilgan.

Dastlabki bosqichda davlat rahbarlari 2 million dona yirik kalibrli artilleriya snaryadlarini xarid qilish uchun 5 milliard yevro ajratish bo‘yicha kelishib olishlari kerak.

Har bir mamlakat o‘zining iqtisodiy imkoniyatlariga qarab moliyaviy yordam yoki qurol-yarog‘ taqdim etish orqali ushbu tashabbusga hissa qo‘shishi mumkin. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olingan 1,9 milliard yevrolik foydani o‘z hissasi sifatida hisoblamoqchi.

"Kelgusida artilleriya snaryadlari, havo hujumidan mudofaa tizimlari, raketalar, dronlar, harbiy samolyotlar, texnik ta’minot va noharbiy yordam ko‘rsatish rejalashtirilmoqda. Hujjatda “EIga a’zo davlatlarning Ukraina xavfsizligiga qo‘shayotgan hissasi” haqida so‘z yuritilgan, lekin batafsil ma’lumot berilmagan", deb yozadi Euractiv.

Kiritildi: 17:50 14.03.2025. O'qildi: 447 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!