Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Evropa Ittifoqi Ukrainaga 2 milliard dollarlik o‘q-dori yetkazib berish rejasini kelishib oldi

Evropa Ittifoqi Ukrainaga 2 milliard dollarlik o‘q-dori yetkazib berish rejasini kelishib oldi

Evropa komissiyasi, Yevropa tashqi harakatlar xizmati va 27 mudofaa vazirlari Ukrainaga o‘q-dorilar yetkazib berishni tezlashtirish va Yevropa mudofaa sanoatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha rejani yakunladi, deb xabar bermoqda AFP.

Rejada ishtirokchi davlatlarning Ukraina uchun qurol sotib olish bo‘yicha 2 milliard yevro miqdoridagi moliyaviy majburiyatlari ko‘zda tutilgan.

«Maqsadimiz - Ukrainani o‘q-dori bilan ta’minlash. Tez orada, eng katta miqdorda va eng arzon narxda», - dedi Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Josep Borel.

Ukrainada rus qo‘shinlari har kuni 20 mingga yaqin o‘q otadi, Ukraina armiyasi esa 4-5 baravar kamroq.

9 fevral kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Yevropadan Kiyevga million dona o‘q-dori, jumladan, 155 millimetrlik snaryadlar yetkazib berishni so‘radi.

DPA agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi yaqin 12 oy ichida aynan shunday qancha yangi artilleriya o‘qlarini Kiyevga yetkazib berishni rejalashtirgan.

Kiritildi: 18:16 20.03.2023. O'qildi: 2048 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!