Bugun 11 yanvar, 2025 yil, shanba

КИР

Evropa Ittifoqi Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishni muhokama qilmoqda

Evropa Ittifoqi Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishni muhokama qilmoqda

Evropa Ittifoqi Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishni muhokama qilmoqda. Bu haqda DW xabar berdi.

Nashr bu haqda Germaniya Tashqi ishlar vazirligining bayonotiga tayanib xabar berdi.

"Biz Suriyaning aholisiga iqtisodiyotning ayrim sohalarida sanksiyalarni bekor qilishning yo‘llarini faol muhokama qilyapmiz", deyiladi bayonotda.

Shuningdek, sanksiyalarni bekor qilish va “Hay’at Tahrir ash-Shom” guruhini terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarish faqat Yevropa Ittifoqi darajasida tasdiqlanishi mumkinligi ta’kidlandi.

"Biz Germaniya, Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya va AQSh bilan birgalikda Suriyada barcha qa himoya qiladigan inklyuziv hukumat tuzish zarurligini tasdiqladik. Agar sezilarli ijobiy o‘zgarishlar kuzatilsa, Yevropa Ittifoqi sanksiyalarni bosqichma-bosqich yumshatishi mumkin", – deb yozdi Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas X ijtimoiy tarmog‘ida.

Ushbu haftada AQSh Moliya vazirligi Damashqqa qarshi sanksiyalarni yumshatdi. Vashington olti oy davomida Suriya davlat tuzilmalari bilan operasiyalarni, yoqilg‘i va elektr energiyasi yetkazib berishni, shuningdek, Suriya Markaziy banki orqali xususiy pul o‘tkazmalarini amalga oshirishga ruxsat berdi. Mutaxassislar, agar sanksiyalar o‘z vaqtida bekor qilinmasa, Suriyada Afg‘oniston taqdiri takrorlanishi mumkinligini bildirishgan.

Kiritildi: Bugun 10:49. O'qildi: 345 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!