Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Evropa Ittifoqi sanksiyalari Slovakiyaga 3,9 milliard dollardan ko‘proq zarar keltirdi

Evropa Ittifoqi sanksiyalari Slovakiyaga 3,9 milliard dollardan ko‘proq zarar keltirdi

Slovakiya 2022 yildan buyon Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalari tufayli 3,9 milliard dollardan ko‘proq zarar ko‘rdi, bu esa mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu haqda Rossiya Federasiyasining Bratislavadagi savdo vakili Sergey Stupar «Izvestiya » nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi .

Uning ta’kidlashicha, 2018–2021 yillarda Slovakiyaning Rossiyaga eksporti yiliga qariyb 2 milliard dollarni tashkil etgan. Biroq 2022 yilda u 670 million dollarga, 2023 yilda 400 million dollarga tushib ketgan, joriy yilning olti oyida esa atigi 117 million dollarni tashkil qilgan.

«Slovakiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘qotishlar kamida 3,9 milliard dollarni tashkil etdi», dedi Stupar va eng katta zararni Rossiya xomashyosi va tranzitiga qaram bo‘lgan kompaniyalar ko‘rganini ta’kidladi.

Kiritildi: 06:30 13.09.2024. O'qildi: 962 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!