Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Evropa Ittifoqi Rossiyaning “soya floti”ni tekshirish vakolatlarini kengaytirmoqchi — Politico

Evropa Ittifoqi Rossiyaning “soya floti”ni tekshirish vakolatlarini kengaytirmoqchi — Politico

Evropa Ittifoqi sanksiyalardan qochish uchun turli bayroqlar ostida Rossiya neftini tashiydigan kemalarni tekshirish vakolatlarini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Politico Yevropa Ittifoqi davlatlari tashqi ishlar vazirlarining bugungi yig‘ilishiga tayyorlangan Yevropa tashqi aloqalar xizmati (EEAS) hujjatiga asoslanib xabar berdi.

Hujjatda ta’kidlanishicha, Rossiya neftini tashiyotgan chet el bayroqlari ostidagi kemalar atrof-muhit, kemalar qatnovi xavfsizligi va muhim infratuzilma uchun xavf tug‘dirishi, shuningdek, “Evropa Ittifoqi hududiga qarshi gibrid hujumlar uchun platforma sifatida” ishlatilishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, ba’zi hollarda bunday kemalar allaqachon Yevropadagi fuqarolik aeroportlarini kuzatish va ularning ishini izdan chiqarish uchun ishlatiladigan Rossiya dronlari uchun start maydonchasi vazifasini bajarayotgani gumon qilinmoqda. Nashrning ta’kidlashicha, Rossiyaning “soya floti” dunyodagi barcha tankerlarning 17 foizigacha qismini tashkil etishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi allaqachon “soya floti”ga bunday xizmatlarni ko‘rsatayotgan “ustuvor davlatlar” bilan aloqa o‘rnatgan. Bundan tashqari, blok ushbu mamlakatlarni sanksiyalar ostidagi kemalarni ro‘yxatdan chiqarishga undash uchun “turli vositalardan foydalanishni” rejalashtirmoqda.

"Masalan, dunyodagi eng yirik kemalarni ro‘yxatga oluvchi davlat hisoblangan Panama allaqachon Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostidagi kemalarni ro‘yxatdan chiqarishga rozi bo‘lgan va yaqinda 15 yildan oshgan kemalarni ro‘yxatga olishni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan", deyiladi EEAS hujjatida.

Kiritildi: 11:20 20.10.2025. O'qildi: 586 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!