Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Evropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 21-paketini joriy etdi

Evropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 21-paketini joriy etdi


Yangi cheklovlar Rossiyaning energetika, moliya va tashqi savdo sohalariga bosimni kuchaytirishga qaratilgan.

"Rossiyaga bosimni kuchaytirish yo‘lidagi yana bir qat’iy qadamni qo‘ydik. Sanksiyalarning 21-paketi eng katta ta’sir ko‘rsatadigan sohalarga — energetika, moliyaviy xizmatlar, kriptovalyuta sektori va savdoga qaratilgan. Ukrainani qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, adolatli va barqaror tinchlikka bo‘lgan intilishimiz qat’iyligicha qoladi", — dedi Yevropa kengashi raisi Antoniu Koshta.

21-sanksiyalar paketiga yana 32 ta Rossiya banki, kriptovalyuta platformalari, neft savdosi bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar hamda “Rossiyaning harbiy harakatlarini qo‘llab-quvvatlamoqda” deb hisoblangan yuzlab yuridik va jismoniy shaxslar kiritildi. Shuningdek, Rossiya neftini narx cheklovlarini chetlab o‘tish uchun ishlatilayotgan “soya floti”dagi yana o‘nlab kemalarga qarshi ham sanksiyalar kengaytirildi.

Yana bir muhim qaror, Rossiya nefti uchun belgilangan narxning yuqori chegarasiga qo‘yilgan 44 dollarlik cheklovni yana bir yil saqlab qolish bo‘ldi.

Kiritildi: 23:15 24.07.2026. O'qildi: 742 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!