Evropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning rejalashtirilgan 20-paketining bir qismi sifatida Rossiya neftining narxini dengiz transporti xizmatlariga taqiq bilan almashtirishni ko‘rib chiqmoqda.
Bu haqda Bloomberg nashri manbalarga tayanib xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, agar ushbu chora Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlansa, Yevropa kompaniyalariga Rossiya neftining narxidan qat’i nazar, uni jo‘natuvchilarga moliyaviy, huquqiy, sug‘urta va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish taqiqlanadi. Ta’kidlanishicha, sanksiyalar qabul qilinishi uchun barcha Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning roziligi talab qilinadi.
Keyingi sanksiyalar paketining bir qismi sifatida Yevropa Ittifoqi Rossiya banklari va neft kompaniyalariga, shuningdek, Bryussel sanksiyalardan qochishda gumon qilayotgan boshqa mamlakatlardagi moliya institutlariga qarshi yangi cheklovlarni ham ko‘rib chiqmoqda, deb xabar beradi Bloomberg.
"Blok shuningdek, birinchi marta sanksiyalarga qarshi mexanizmni joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda", deyiladi nashrda.