Bu haqda Yevropa Kengashi raisi Antoniu Koshta va YEI tashqi siyosat xizmati rahbari Kaya Kallas ma’lum qildi.
Ukrainani 90 mlrd yevro miqdorida moliyalashtirish 2027 yil oxirigacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan. Pullar 2026 yilning ikkinchi choragidan boshlab to‘lana boshlaydi.
"Bugun YEI Kengashi Ukrainaga 90 mlrd yevro miqdorida kredit ajratish uchun zarur bo‘lgan so‘nggi jarayonni tasdiqladi. Kredit doirasidagi to‘lovlar imkon qadar tezroq boshlanadi, bu esa Ukrainaning eng dolzarb byudjet ehtiyojlari uchun hayotiy muhim yordamni ta’minlaydi", – dedi Kipr moliya vaziri Makis Keravnos.