Bugun 24 may, 2025 yil, shanba

КИР

Evropa Ittifoqi olov qurshovida qolgan Isroilga yordam qo‘lini cho‘zmoqchi

Evropa Ittifoqi olov qurshovida qolgan Isroilga yordam qo‘lini cho‘zmoqchi

Evropa Ittifoqi Isroilga mamlakatni qamrab olgan o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda yordam beradi.

Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen "X" ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

"Biz Yevropa fuqaro muhofazasi mexanizmini faollashtirdik. Yong‘in o‘chirish samolyotlari Gresiya, Kipr, Xorvatiya va Italiyadan jo‘natildi", deb yozdi YEK rahbari.

Yahudiy milliy jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, chorshanba kuni ertalabdan beri Isroilda 20 kvadrat kilometrga yaqin hudud yonib ketgan, ularning yarmidan ko‘pi o‘rmon bilan qoplangan.

Eslatib o‘tamiz, 30 may kuni Isroilda kuchli jazirama vaqtida Quddus tog‘larida o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘lgan edi. Kuchli quruq shamol ta’sirida alanga tezda Quddus g‘arbidagi qator hududlarga tarqaldi. Kun davomida mamlakatning boshqa hududlarida yong‘in sodir bo‘ldi, bu esa avtomobil va temir yo‘llarning to‘sib qo‘yilishi, shuningdek, ayrim qishloqlardan aholining evakuasiya qilinishiga olib keldi.

Kiritildi: 23:33 01.05.2025. O'qildi: 1009 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!