Bugun 10 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Lamin Yamal 400 ming dollarga oltindan marjon yasatdi (foto)

Lamin Yamal 400 ming dollarga oltindan marjon yasatdi (foto)

Yaqinda 18 yoshga to‘ladigan "Barselona" vingeri Lamin Yamal o‘zini xursand qilishga qaror qildi. Iste’dodli futbolchi taqinchoq - ism-sharifining bosh harflari yozilgan marjon uchun 400 ming dollar sarfladi. Bu haqda Braziliyaning CNN telekanali xabar bermoqda.

Marjon oltindan yasalgan. Uni "Barselona" ranglaridagi brilliantlar va qimmatbaho toshlar bezab turibdi.

Lamin Yamal 400 ming dollarga oltindan marjon yasatdi (foto)

Lamin Yamal 13 iyul kuni voyaga yetadi. U allaqachon "Barselona" safida 106 ta o‘yinda maydonga tushib, 25 ta gol urgan va sheriklariga 34 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 17:38 09.07.2025. O'qildi: 1317 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!